Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Chelsi» Premer-ligaga noodatiy taklif bilan chiqdi

«Chelsi» Premer-ligaga noodatiy taklif bilan chiqdi

Автор: admin

Londonning «Chelsi» klubi Angliya Premer-ligasi rahbariyatiga noodatiy taklif bilan chiqdi, deya yozmoqda The Telegraph.
Manbaning xabar qilishicha, «Chelsi» klubi futbol tashkilotidan mavsum yakuniga qadar o‘yin davomida 9ta o‘zgarishga ruxsat berilishini so‘rab murojaat qilgan.
Buning sababi sifatida uzoq tanaffusdan keyin futbolchilarning o‘yin va mashg‘ulotlarda turli jarohatlarga moyil bo‘lishi va koronavirus yuqtirib olish xavfi keltirilgan. APL rahbariyati bu borada hali javob qaytargani yo‘q.
Ma’lumot uchun, may oyi boshida FIFA mavsum yakunigacha futbol uchrashuvlarida 5tadan o‘zgarish qilishga ruxsat bergandi.


62   
Добавить комментарий
Ваше имя: *