Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Real”ning ham “Messi”si bor!

“Real”ning ham “Messi”si bor!

Автор: admin

Alebia Analytics tadqiqot markazi La Liga o‘yinlarida futbolchilarning dribling qo‘llash samaradoriligini o‘rganib chiqdi.
Unga ko‘ra, “Barselona” etakchisi Lionel Messi va “Real”ning “Malorka”da ijarada o‘ynayotgan 18 yashar futbolchisi Takefusa Kubo bir xil natija bilan etakchilik qilmoqda. Har ikki futbolchi bir uchrashuvda o‘rtacha 5,4 ta muvaffaqiyatli dribling ishlatadi. Keyingi o‘rinda 5,3 natija bilan “Betis” vakili Nabil Faqir bormoqda.
Aslida Kuboning laqabi haqiqatan ham “Messi”. Uning bo‘y-basti Leonikiga o‘xshash, o‘yin uslubiha deyarli bir xil. Buning sababi Kubo besh yil davomida “Barselona” tarbiyasini olgan. O‘tgan yili erkin agent sifatida “Real” safiga qo‘shildi.
142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *