Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Liverpul”ga Rimni zabt etgan futbolchi kelmoqda

“Liverpul”ga Rimni zabt etgan futbolchi kelmoqda

Автор: admin

“Roma” sekin-asta “Liverpul”ning transfer bozoriga aylanib bormoqda. Darvozabon Alisson Bekker va hujumi Muhammad Salohning muvaffaqiyatli transferlaridan so‘ng Yurgen Klopp bu Rimdan yana bir futbolchi olib kelmoqchi.
“Liverpul” 20 yoshidayoq o‘z mahorati va iste’dodi bilan rimlik futbol muxlislarining hurmatini qozongan yarim himoyachi Nikolo Dzanoloni nishonga oldi.
“Roma” ham bu futbolchini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. Rimliklar futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishga intilmoqda.
Joriy mavsumda 18 ta o‘yinda to‘rtta gol urgan futbolchiga “Liverpul”dan tashqari “Yuventus”, “Inter”, “Arsenal” va “Chelsi”dan ham jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *