Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona" 2017 yilda "Bavariya"ning yosh iqtidorini nega sotib olmagan?

"Barselona" 2017 yilda "Bavariya"ning yosh iqtidorini nega sotib olmagan?

Автор: admin

"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis 2017 yilda "Barselona"ga o‘tishi mumkin edi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Nashrning xabar berishicha, Kataloniya klubi vakillari futbolchini kuzatib borishgan va ko‘rganlaridan mamnun bo‘lishgan. Ammo "Barselona" rahbariyati sakkiz million yevro yosh o‘yinchi uchun juda yuqori narx deb hisoblagan.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" yarim yil oldin Devisni "Vankuver"dan 10 million yevroga sotib olgan edi. Ushbu mavsumda 19 yoshli kanadalik Myunxen klubi uchun barcha musobaqalarda 36 ta o‘yin o‘tkazdi, uchta gol urdi va to‘qqizta assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yil yozigacha amal qiladi.
Manba: soccernews.ru

100   
Добавить комментарий
Ваше имя: *