Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Abramovich “Chelsi”ga ikkita super yulduz olib kelishga va’da berdi

Abramovich “Chelsi”ga ikkita super yulduz olib kelishga va’da berdi

Автор: admin

“Chelsi” klubi xo‘jayini Roman Abramovich yozgi transferlar vaqtida ikki nafar qimmat futbolchini olib kelishga tayyorligini ma’lum qildi.
Xabarlarga qaraganda, rossiyalik biznesmenga bosh murabbiy Frenk Lempardning ish uslubi ma’qul kelmoqda va u mutaxassisni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jamoani kuchaytirishga yordam bermoqchi.
Agar Lempard o‘z shogirdlari bilan birga joriy mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, birinchi bo‘lib “Lester” himoyachisi Ben Siluell olib kelinadi. Ikkinchi nomzod hujumkor futbolchi bo‘ladi. Ro‘yxatdan Timo Verner, Mussa Dembele, Kay Xaverts, Jeydon Sancho va Per-Emerik Obameyang joy olgan.
91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *