Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Futbol qoidasidagi o‘zgarish. Seten nega norozi?

Futbol qoidasidagi o‘zgarish. Seten nega norozi?

Автор: admin

May oyi boshlarida futbol qoidalarini nazorat qiluvchi IFAB tashkiloti bugungi sharoitni hisobga olgan holda, jamoalarga o‘yin davomida beshtadan o‘yinchi almashtirishga ruxsat berdi. Pandemiya tanaffusidan keyin maydonga tushadigan futbolchilarni jarohatlardan asrash uchun vaqtinchalik shunday qarorga kelindi. Lekin bu qoidani amalda ishlatiladimi yoki yo‘qmi, har bir Liga o‘zi qaror qiladi. 
Masalan, «Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten bunday o‘zgarishga qarshi ekanini bayon qildi. 
«Menimcha, bu bizga foydadan ko‘ra, ko‘proq zarar keltiradi. Juda ko‘p uchrashuvlarda biz o‘yin taqdirini so‘nggi daqiqalarda hal qilganmiz. Odatda, biz raqib futbolchilarining charchab qolishidan foydalanishimiz kerak bo‘lgan paytda, ular qo‘shimcha kuchlarga ega bo‘ladilar», deydi kataloniyaliklar jamoasi bosh murabbiyi.
Kikening bu mulohazalari asoslimi?
Erinmagan jurnalistlar murabbiyga e’tiroz qilish uchun bir qator teskari faktlarni qidirib topishdi.
Aslini olganda, so‘nggi o‘n daqiqalarga qarasak, «Barselona»ning ishlari havas qilgudiye emas, gollar nisbati atigi 7:6. Ayniqsa, statistikani safar o‘yinlari buzadi - 1:4. Safar o‘yinlarini alohida olganda, faqat «Granada», «Malorka» va «Valyadolid» kabi autsayderlarda yomonroq ko‘rsatkich, xolos. 
So‘nggi o‘n daqiqalarda «Real» «Barselona»dan ancha ustun ko‘rinadi - 9:4. Uyda - 4:2, safarda, 5:2. Umuman olganda, har ikki peshqadam ko‘proq birinchi bo‘limlarda samaraliroq o‘ynaydi. «Barselona» uchun ideal vaqt 31-40 daqiqalar orasi hisoblanadi, to‘plar nisbati - 10:1. Shuningdek, 41-50 daqiqalar ham, to‘plar nisbati 12:3.
To‘g‘ri, odatda 41-50 daqiqalar orasida 10 daqiqa emas, birinchi bo‘limga qo‘shib beriladigan vaqtlar hisobiga ko‘proq ekanini ham e’tiborga olish kerak.
Bundan tashqari, «Barselona»ning so‘nggi daqiqalarda urgan gollari o‘yin taqdiriga deyarli ta’sir o‘tkazmagan. «Valensiya» va «Malorka» darvozasiga (5:2), «Selta»  (4:1) va «Eybar» (5:0) darvozasiga urilgan gollar hisobni yiriklashtirgan, xolos. «Barselona» faqat «Atletiko» va «Sosedad»ga qarshi o‘yinlarda so‘nggi o‘n daqiqada g‘alabani ilib ketgan. Har ikki o‘yin 1:0 hisobida tugagan. 
So‘nggi 15 daqiqani oladigan bo‘lsak, «Barselona» bu davrda 12 gol urib, 8ta o‘tkazib yuborgan. Bu ham asosan «Kamp Nou»dagi o‘yinlar tufayli - 10:3. Safar o‘yinlarida «Barselona» so‘nggi daqiqalarda o‘zini noqulay his qiladi - 2:5.
«Atletiko» bilan o‘yinda 89-daqiqada gol o‘tkazib mag‘lubiyatga uchralgan, «Valensiya» va «Real»ga qarshi o‘yinlarda ham, so‘nggi o‘n besh daqiqadagi gollar hisobni 0:2ga aylantirgan. «Osasuna» va «Espanol» bilan o‘yinlarning so‘nggi 15 daqiqasida raqib hisobni tenglashtirgan.
Agar «Barselona» katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan o‘yinlarni qo‘shmasak, so‘nggi o‘n besh daqiqada, to‘rt marta «Barselona» g‘alabani ilib ketgan, ikki marta raqib hisobni tenglashtirgan va uch o‘yinda «Barselona» mag‘lubiyatga uchragan.
Kike Setenning iddaolari aslida asossiz ekanini bu ko‘rsatkichlar ko‘rsatmoqda.


122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *