Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin


“Arsenal”ga himoyachi kerak

Londonning “Arsenal” jamoasi yozda o‘z safiga “Lill” klubi Gabriyelni qo‘shib olishni reja qilmoqda.
Taniqli “L’equipre” nashrining ma’lum qilishicha, “koninirlar” David Luizni transferga qo‘yish orqali, Gabri’l uchun asosiy tarkibdan joy taqdim etmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, himoyachi bilan shaxsan Mikel Artetaning o‘zi qiziqib qolgan bo‘lib, “Arsenal” bu transferni amalga oshirishga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
“Manchester Yunayted”ga ham himoyachi kerak
 
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Kalidu Kulibali transferidan voz kechadi.
Britaniya nashrlaring ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” byudjeddan tejab qolish maqsadida uning o‘rnini “Suonsi” himoyachisi Jo Gordonni sotib olishni reja qilmoqda.
22 yoshli uyels terma jamoasi a’zosi uchun Manchester shahri vakillari 20 million yevro taklif qilishni reja qilmoqda.
Rafina ketmoqchi

Ayni damda ijara asosida “Selta”da to‘p tepayotgan Rafinaning o‘yinlaridan klub to‘liq qoniqish hosil qilmoqda va uning transferini 16 million yevro evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda.
“MundoDeportivo”ning ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi “Kelt”lar safida qolishni istamayapti. U mavsum so‘nggida APL yoki Italiya klublaridan birida o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi ushbu mavsumda 19 bor maydonga tushdi va ikkita gol kiritdi.
“Inter” ularni qo‘yib yubormoqchi
 
Milanning “Inter” jamoasi maoshlardan tejab qolish maqsadida yozda ikkita futbolchini transferga qo‘yishi ma’lum bo‘ldi.
“Tuttosport”ning ma’lum qilishicha, “ko‘k-qora”lar bilan Vesino va Borxa Velero xayrlashishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, ketgan futbolchilarning o‘rnini jamoa Naingollanni ortga qaytarish va Sandro Tonalining transferi orqali to‘ldirmoqchi.
“Yuve” va “Monako” kurash boshladi
 
Madridning “Atletiko” jamoasi himoyachisi Stefan Savich uchun kurash avjiga chiqmoqda.
“MundoDeportivo”ning ma’lum qilishicha, chernagoriyalik himoyachi Diyego Simionening kelajakdagi rejalarida yo‘qligi bois, “matraschilar” uni yozda sotib yuborishlarini rasman ma’lum qilgan.
Ayni damda, uning hizmatlari bilan “Monako” va “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozircha, himoyachining agenti rasman ma’lumot bermagan bo‘lsada, Savichning Turinga ko‘chib o‘tishi tobora haqiqatga yaqinlashib bormoqda.

52     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *