Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi formati o‘zgartirilishi kutilmoqda

Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi formati o‘zgartirilishi kutilmoqda

Автор: admin

Ta’kidlanishicha, katta ehtimol bilan har ikki Yevrokubokning joriy mavsum o‘yinlari “sakkiz finalchi” formatida bo‘lib o‘tadi va  unga Portugaliya poytaxti Lissabon mezbonlik qiladi. Bunda chorak finaldan boshlab uy-safar tizimidagi o‘yinlar bekor qilinadi va bir o‘yinda g‘olib nomi aniqlanadi.
Shuningdek, musobaqalarni Myunxen va Madridda yakunlab qo‘yish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. UEFA bu boradagi yakuniy qarorni 17-iyunda chiqaradi.
Avvalroq Yevrokuboklar Germaniyada “to‘rt finalchi” formatida o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan to‘rtta o‘yin o‘tkazilgan va yana to‘rttasi koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgandi. Unga ko‘ra, PSJ, “Atletiko”, “Atalanta” va “Leypsig” jamoalari ¼ finalga yo‘l olgan.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining 2019/20-yilgi mavsumi finali Istanbulda (Turkiya), Yevropa Ligasining hal qiluvchi bahsi esa Gdanskda (Polsha) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *