Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kasilyas «Real» tarixidagi eng yaxshi ikki o‘yinchini aytdi

Kasilyas «Real» tarixidagi eng yaxshi ikki o‘yinchini aytdi

Автор: admin

«Real» sobiq darvozaboni Iker Kasilyasdan Madrid klubi tarixidagi eng yaxshi 3 o‘yinchini tanlashni so‘rashdi. Ispaniyalik posbon faqat 2 futbolchini tanladi.
«Uch o‘yinchini tanlay olmayman, ammo ikki kishini bilaman. Bular don Alfredo Di Stefano va Krishtianu Ronaldu», –deydi Kasilyas.

Di Stefano «Real»da 1953 yildan 1964 yilgacha o‘ynagan va klub bilan 18ta sovrinni, jumladan, 5 bor Yevropa Chempionlar Kubogini yutib olgan.
Ronaldu esa «Real» libosida 2009 yildan 2018 yilgacha harakat qilib, u ham 18ta jamoaviy sovrinni qo‘lga kiritgan. Shulardan 4tasi Chempionlar Ligasidir. Shuningdek, portugaliyalik 450ta gol bilan «qirollik klubi» tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi.


99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *