Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Yunayted» Kulibali uchun jiddiy taklif yubordi

«Manchester Yunayted» Kulibali uchun jiddiy taklif yubordi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» himoyachi Kalidu Kulibalining transferi borasida «Napoli»ga taklif yubordi. Bu haqda "Football Italia" xabar tarqatdi.

Mankunianliklar senegallik futbolchi uchun 80 mln yevro taklif qildi. «Napoli» esa 100 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Napoli» yozgi transfer paytida qayta qurishni amalga oshirmoqchi. Neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis jamoaning hozir epoxasi yakuniga yetmoqda, deb hisoblamoqda. Shuning uchun u bosh murabbiy Jennaro Gattuzoga yangi jamoani shakllantirish uchun imkon bermoqchi.

«Napoli» yozgi transfer paytida Arkadiush Milik, Allan, Kalidu Kulibali va Fauzi G‘ulomni sotish evaziga 200 million yevro daromad olmoqchi. Kulibaliga «Manchester Yunayted»dan tashqari «PSJ» va «Liverpul» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Manba: championat.com

73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *