Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola «Milan» yarimhimoyachisiga qo‘ng‘iroq qildi

Gvardiola «Milan» yarimhimoyachisiga qo‘ng‘iroq qildi

Автор: admin

«Milan» yarimhimoyachisi Ismoil Binnosirga «Manchester Siti» qiziqmoqda.
22 yoshli jazoirlik futbolchining xizmatlariga «shaharliklar» bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning shaxsan o‘zi qiziqmoqda. Kataloniyalik mutaxassis allaqachon futbolchiga qo‘ng‘iroq qilgan va unga «Siti»ning loyihasi haqida gapirib bergan.
Manchester klubi vakillari Binnosirga tezroq taklif yuborishmoqchi, chunki «PSJ» ham u bilan muzokalar olib bormoqda. Yarimhimoyachining o‘zi o‘yin amaliyoti kafolatlangan jamoaga o‘tishni istaydi.
RMC Sport'ning yozishicha, Binnosirning tovon puli 50 mln yevroni tashkil etadi.
Binnosir bu mavsumda A Seriyada 20ta bahsda maydonga tushib, 12 marta sariq kartochka oldi.


80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *