Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” Neymar transferidan voz kechdi

“Barselona” Neymar transferidan voz kechdi

Автор: admin

Nashr xabariga ko‘ra, Parij klubi futbolchi uchun 175 million yevro so‘ragan va transfer shartnomasiga boshqa futbolchilarni qo‘shish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Neymar parijliklar safiga 2017-yilda qo‘shilgan. PSJ Neymar uchun katalon klubiga 222 million yevro to‘lab, uni dunyodagi eng qimmat futbolchiga aylantirgandi.
Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” bor e’tiborini transfer qiymati 111 million yevroga teng bo‘lgan “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olishga qaratishi haqida xabar berilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bir necha hafta oldin “Barselona” rahbariyati o‘z futbolchilariga yana maoshlarni kamaytirish borasida iltimos bilan chiqqan. Ammo jamoa a’zolari mazkur taklifga rad javobini bergan. Ispaniya chempionati yaqin orada davom ettirilishi sabab futbolchilar bu taklifga rozi bo‘lmagan.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *