Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Messi yoki Ronaldu? Tomas Myuller original javob berdi

Messi yoki Ronaldu? Tomas Myuller original javob berdi

Автор: admin

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messidan birini tanlash kerakligi haqidagi savolga o‘ziga xos uslubda javob berdi.

"Balki, ilgari hujumchi bo‘lganim uchun men Messi bilan birga o‘ynashni istagan bo‘lardim. Hozir esa ko‘proq golli uzatmalar berayotganim uchun Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynaganim yaxshiroq.

Ammo "Bavariya"da Robert Levandovski bor. Men uni tanlayman. U Ronaldudan ko‘ra yaxshiroq nomzod", - dedi Myuller Goal.com nashriga bergan intervyusida.

Ushbu mavsumda "Oltin butsa" uchun kurashda Levandovski 29ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Ronaldu hisobida 21ta, Messi hisobida 19ta gol mavjud.
Manba: soccernews.ru

97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *