Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Onana «Ayaks»ni tark etishga yaqin

Onana «Ayaks»ni tark etishga yaqin

Автор: admin

«Ayaks» klubi bosh murabbiyi bu xabarni tasdiqladi.
Amsterdamning «Ayaks» klubi bosh murabbiyi Erik Ten Xag jamoa darvozaboni Andre Onana boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Andre biz uchun muhim sanaladi va albatta, biz uni yo‘qotishni xohlamaymiz. Ammo, o‘tgan yili rivojlanish ssenariyasi bo‘yicha kelishuvga erishganimiz rost, biroq, biror klub biz xohlayotgan mablag‘ni taklif qilsa, albatta bu taklifni ko‘rib chiqamiz», - dedi Ten Xag Algemeen Dagblad bilan intervyuda.
Eslatib o‘tamiz, Onanaga «Chelsi» va «Barselona» klublari davogarlik qilishmoqda.

123   
Добавить комментарий
Ваше имя: *