Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Toni Kroos La ligada qanday ishni amalga oshirgan jamoa g‘olib chiqishini aytdi

Toni Kroos La ligada qanday ishni amalga oshirgan jamoa g‘olib chiqishini aytdi

Автор: admin

«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos La ligada «Barselona» bilan kechadigan chempionlik kurashi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Adaptasiya haqida
«Joriy sharoitga yaxshi moslasha olsak, qolgan 11ta o‘yinda g‘alaba qozonishimiz mumkin. Biz ilk marta muxlislarsiz o‘ynaymiz. Ushbu sharoitga qaysi jamoa yaxshi moslasha olsa, o‘sha g‘oliblikni qo‘lga kiritadi».

Mashg‘ulotlar haqida
«Jamoaviy mashg‘ulotda ishtirok etish ancha yaxshi. Biz birinchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Buning uchun esa umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazishimiz kerak. Mashg‘ulot jarayonida o‘yin o‘tkazish bizga ko‘proq yoqadi».

To‘p bilan mashg‘ulot o‘tkazish haqida
«Uyda to‘p bilan unchalik ko‘p ishlamadik. Karantin paytida asosiy urg‘uni jismoniy holatga qaratdik. Hozir esa eng muhimi — to‘p bilan ko‘proq ishlash. Aks holda u bilan muomala qilishni esdan chiqarib qo‘yishimiz mumkin».

Mashg‘ulotlarning ahamiyati haqida
«Yaxshi mashg‘ulot o‘tkazyapmiz: birinchi o‘yinga eng yaxshi formada yetib kelishni istaymiz. Bundan ortig‘ini qila olmaymiz. Axir vaziyat barcha uchun bir xil: yaxshi formani kirish va to‘pni his qilishni tiklash kerak».
Manba: realmadrid.ru

102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *