Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Shunchaki yig‘lab yubordim”. Brunu Fernandesh “Manchester Yunayted”ning taklifini qanday qabul qilgani haqida

“Shunchaki yig‘lab yubordim”. Brunu Fernandesh “Manchester Yunayted”ning taklifini qanday qabul qilgani haqida

Автор: admin

Instagram’dagi jonli muloqot vaqtida Brunu shunday deydi:
“Bilasizmi, to‘g‘risini ayta qolay, men qo‘rqqandim. Bu mening orzum edi, eng katta orzum. Angliya va “Manchester Yunayted”da o‘ynash men uchun eng katta orzu bo‘lgan. Premyer Ligada dunyoning eng yaxshi jamoalaridan birida to‘p surish...
Menga qo‘ng‘iroq qilib: ‘Bruno, senda “Manchester Yunayted”ga o‘tish imkoniyati bor’, deyishganida men darhol onam va yaqinlarimga qo‘ng‘iroq qildim va shunchaki yig‘lab yubordim.
Men baxtli ekanligimdan yig‘layotgandim. Butun hayotim davomida ushbu top klub safiga kirish uchun kurashdim. Klub tomonidan bildirilgan qiziqish jiddiy bo‘lib chiqdi va men orzumga yetishdim.
Oilam boshidanoq futbolchi bo‘lishni xohlashimni va eng katta orzum Angliya Premyer Ligasi va “Manchester Yunayted” o‘ynash ekanini bilardi”.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Fernandeshni 2020-yilning yanvar oyida Lissabonning “Sporting” klubidan 55 million (turli bonuslar bilan 80 million yevrogacha yetishi mumkin) yevroga sotib olgan va 5 yillik shartnoma imzolagan. Brunu Manchester klubi safida Premyer Liga doirasida 5 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘yishga ham ulgurdi.
97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *