Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich Lempardga ikkita yirik transferni va’da berdi

«Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich Lempardga ikkita yirik transferni va’da berdi

Автор: admin

«Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich londonliklar bosh murabbiyi Frenk Lempardni qo‘llab-quvvatlamoqchi va yozgi transferlar oynasida unga ikkita yirik xarid amalga oshirishni va’da bergan, deya xabar qilmoqda The Athletic.

Ta’kidlanishicha, «Chelsi»ning asosiy maqsadi «Lester» himoyachisi Ben Chiluell bo‘lib turibdi. Shuningdek, «ko‘klar» short-listidan «Bayer» yarim himoyachisi Kay Havers, «Borussiya D» vingeri Jeydon Sancho, «Lion» hujumchisi Mussa Dembele va «Leypsig» forvardi Timo Verner o‘rin olgan.

«Chelsi» yanvarda «Ayaks» yarim himoyachisi Hakim Ziyoshni sotib olgandi. Futbolchi mavsum yakunida londonliklar safiga kelib qo‘shiladi.

23 yoshli Chiluell joriy mavsum Premyer Ligada 23 o‘yin o‘tkazib, ikki gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionati koronavirus tufayli mart oyida to‘xtab qolgan. «Chelsi» 29-turdan so‘ng 48 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni egallab turibdi. APL bahslari 17 iyunddan qayta davom ettiriladi.
Manba: daryo.uz

160   
Добавить комментарий
Ваше имя: *