Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Real” ishongan hujumchi klubga ziyon keltirdi

“Real” ishongan hujumchi klubga ziyon keltirdi

Автор: admin

Madrid klubi o‘tgan yili jamoaga olib kelingan Luka Yovich transferidan zarar ko‘radigan bo‘ldi.
“Real” rahbariyati “Ayntraxt”da 27 ta gol urgan hujumchini katta umidlar bilan 60 million evro evaziga Madridga olib kelgandi. Bu transfer o‘zini oqlamadi. Hujumchi primeraga moslasha olmadi va 15 ta o‘yinda atigi ikkita gol urdi.
Ayni paytda transer bozori oldidan Yovichning narxi ikki barobarga tushib ketdi. Bu hujumchini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub 32 million evro evaziga transferni ijobiy hal qilishi mumkin.
Bundan tashqari, Yovich karatin qoidalarini buzdi va jamoa bazasiga oyog‘idan jarohat olgan holda keldi.
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *