Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Manchester Siti" futbolchisi: "APLda "Liverpul" chempion, biz "Real"ni mag‘lub etamiz"

"Manchester Siti" futbolchisi: "APLda "Liverpul" chempion, biz "Real"ni mag‘lub etamiz"

Автор: admin

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Aleksandr Zinchenkoning so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi joriy mavsumda Premyer-ligada g‘olib chiqish imkoniyatidan mahrum. Shu bilan birga, ukrainalik futbolchi "shaharliklar" bu yil ham sovrin yutib olishi mumkinligini ta’kidladi.

"Liverpul" chempionat ekanligini tan olib bo‘ldik. Biz Premyer-ligada juda ko‘p ochko yo‘qotdik. O‘tmishni tanqid qilishning hojati yo‘q. Bizda hamon Chempionlar ligasi va Angliya kubogi bor. Avgust oyida Chempionlar ligasini tugatamiz deyishdi. Xudo xohlasa, biz "Real"dan o‘tamiz, keyin 1/4 va 1/2 final bosqichlari bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi va o‘yinlar bitta shaharda bo‘lib o‘tadi. Ammo hozircha buni tasdiqlashgani yo‘q", — dedi Zinchenko.

"Siti" 29 turdan keyin yetakchi "Liverpul"dan 25 ochkoga ortda qolmoqda.
Manba: sport24.ru

123   
Добавить комментарий
Ваше имя: *