Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona" arosatda: rahbariyat nima qilishni bilmayapti

"Barselona" arosatda: rahbariyat nima qilishni bilmayapti

Автор: admin

Kataloniya klubida global muammolar mavjud.
Nufuzli manbaning ta’kidlashicha, "Barselona" va "Inter" o‘rtasidagi muzokaralar rivojlanmayapti. Lautaro Martinesning o‘zi yangi klub bilan shartnoma borasida kelishib oldi. To‘siq — bu rasmiy xarid summasi bo‘lmish 111 million yevro.

"Inter" hech qanday o‘yinchilarni almashtirishni xohlamayapti. "Barselona" esa pul topa olmayapti. Rahbariyat zaxiradagi futbolchilarning sotuvidan tushgan pullarga umid qilgandi, ammo, birinchidan, futbolchilar ketishni istashmayapti, ikkinchidan, ularga talab kam. Sotiladigan asosiy nomzod esa Usmon Dembele.

Manbaning xabariga ko‘ra, "Barselona" 90 million yevro to‘lashni istayapti. "Inter" esa 111 mln yevrodan kamaytirmoqchi emas.
Manba: football24.ru

121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey