Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Liverpul” raqobatga dosh berolmadi. Super hujumchi “Chelsi”ga o‘tadigan bo‘ldi

“Liverpul” raqobatga dosh berolmadi. Super hujumchi “Chelsi”ga o‘tadigan bo‘ldi

Автор: admin

“Leyptsig” to‘purari Timo Verner faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga yaqin turibdi. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klublar 15 iyungacha transfer masalasini hal etishi kerak.
Angliya grandlari – “Liverpul” va “Chelsi” futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘ldi va ular bir xil – yiliga 10 million evro maosh taklif qildi.
Muammo “Leyptsig” bilan muzokaralardan kelib chiqdi. Unga ko‘ra, liverpulliklar transfer summasidan chegirma qilishni so‘radi. Germaniya klubi xo‘jayinlari bunga ko‘nmadi. “Chelsi” esa shartnomada ko‘rsatilgan 55 million evroni 15 iyungacha to‘lashga rozi bo‘ldi.
111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *