Goal24.uz » Foto lavhalar » Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Enfild"

Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Enfild"

Автор: admin

Eslatib o'tamiz, kecha saytimizning rasmiy telegram kanalida 5ta stadion o'rtasida so'rovnoma o'tkazgan edik va unda "Enfild" g'olib chiqqan edi.

"Enfild" - Angliya
Klub: "Liverpul"
Ochilgan yili: 1884 yil 28 sentyabr
Arxitektor: Archibald Litch 
Sig'imi: 54 074
Stadion haqida faktlar:
- "Liverpul" klubi "Enfild"da hech kim o'ynamasligi sabab tashkil etilgan.
- Stadion 4ta tribunadan tashkil topgan: Spion Kop (Kop), Main Stand (Bosh tribuna), Centenery Stand (100 yillik tribuna), Anfield Road (Enfild-Roud)
- "Liverpul" o'yinchilari maydonga chiqishdan oldin koridorda qo'llari bilan "THIS IS ANFIELD" ("Bu "Enfild") yozuviga tegishadi. Yozuv ikki vazifani bajaradi: "Liverpul" o'yinchilariga omad keltirish va raqiblarni qo'rqitish
- 1960 yildan beri klubi madhiyasi "You'll Never Walk Alone" hisoblanadi va shu yozuv klub logotipida va SHenkli darvozasida yozilgan.
- UEFA talqiniga ko'ra, "Enfild" 4 yulduzli hisoblanadi va butun tarix davomida unda 17ta xalqaro o'yin o'tkazilgan. Jumladan Evro-96'ning 4 o'yini shu stadionda o'tkazilgan.
- "Enfild" va "Everton"ning uy stadioni hisoblangan "Gudison Park" o'rtasidagi masofa atigi 765 metrni tashkil etadi.
- Stadionda o'tkazilgan ilk o'yinda (1884 yil) "Everton" "Erlstaun"ni 5:0 hisobida mag'lub etgan.
- Krishtianu Ronaldu: "Enfild"da g'alaba qozonish Angliyaning boshqa har qanday stadionlaridan ko'ra qiyinroq"
- Stiven Jerrard: "O'lganimda meni kasalxonaga olib bormang. "Enfild"ga olib boring. Men o'sha erda tug'ilgan va o'sha erda o'laman"
→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "San-Mames" 









































Siz yana qaysi stadionlarning ajoyib suratlarini toshosha qilishni istaysiz, izohlarda yozib qoldiring!

254   
Добавить комментарий
Ваше имя: *