Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Grizmann MLSga ko‘chib o‘tishini rad etmadi

Grizmann MLSga ko‘chib o‘tishini rad etmadi

Автор: admin

«Barselona»ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmann faoliyati davomida MLSda o‘ynash niyati ekanligini yashirmadi.
«Men «Barselona» bilan eng nufuzli musobaqalar – Primera va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqmoqchiman. Bu nafaqat mening xohishim, balki, jamoaning asosiy maqsadi. Bularni qo‘lga kiritgandan keyin istalgan narsalar haqida o‘ylash mumkin. Oldinda meni Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati kutib turibdi, JCHdan keyin MLS haqida o‘ylash mumkin.
Men haqiqatdan ham AQSH chempionatida o‘ynashni xohlayman, u chempionatda o‘ynash uchun bor kuchimni ishga solaman. Faoliyatimni aynan AQSHda yakunlash niyatim bor. Men o‘zim uchun chempionlikni qo‘lga kiritishga harakat qiladigan jamoa topaman deb harakat qilaman», — dedi Antuan Grizmann.

127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *