Goal24.uz » Foto lavhalar » Qatarda JCH—2022 uchun mo‘ljallangan uchinchi stadion qurib bitkazildi (foto)

Qatarda JCH—2022 uchun mo‘ljallangan uchinchi stadion qurib bitkazildi (foto)

Автор: admin

Loyihalar va meroslar bo‘yicha Qatar Oliy qo‘mitasi 4 iyun kuni 2022 yilgi Jahon chempionati uchun qurilgan «Edusation Sity Stadium» stadioni belgilangan muddatda qurib bitkazilganligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Gulf Times.

Ar-Rayyandagi stadion Dohadagi «Xalifa» arenasi muvaffaqiyatli rekonstruksiya qilingandan va Al-Vakradagi «Al-Janub» stadionining ochilishidan keyingi uchinchi joydir. Stadion o‘z bag‘riga 45 350 nafar muxlisni sig‘dira oladi. «Edusation Sity Stadium» universitet shaharchasining markaziga aylanishi kutilmoqda.

Stadion 15 iyun kuni koronavirus pandemiyasi paytida ishchilarning hissasini ifodalash uchun jonli dastur bilan ochib beriladi.

Tashkiliy qo‘mitaning ta’kidlashicha, JCH—2022 uchun arenalarni tayyorlash ishlari belgilangan muddatdan ilgarilab ketmoqda. Yana uchta stadionning 2020 yil oxiriga qadar qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Qolgan arenalar ham mundial boshlanishiga qadar tayyor bo‘lishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi Jahon Chempionati o‘yinlari noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.




152   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
futbol rasm futbolchilar rasimi futbolchilar oilaviy rasmlari UEFA chempionlar ligasi rasmi