Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Sobiq futbolchi: «Mavsumning qolgan qismida «Real» ustunlikka ega bo‘ladi»

Sobiq futbolchi: «Mavsumning qolgan qismida «Real» ustunlikka ega bo‘ladi»

Автор: admin

«Real» klubi sobiq futbolchisi Pirri mavsumning qolgan qismida madridliklar ustunlikka ega bo‘lishini aytib o‘tdi.

«Ketma-ket o‘tkaziladigan ko‘p o‘yinlar «Real»ga qo‘l keladi. Chunki ularning tarkibi «Barselona»nikiga nisbatan kuchli.

Vaziyat mavsumning boshlang‘ich qismiga o‘xshaydi. «Real»ning tarkibi yaxshi va keng», – dedi "qaymoqranglilar" safida 561ta o‘yin o‘tkazgan sobiq futbolchi.

Ma’lumot o‘rnida, mavsum qayta boshlanganidan keyin «Barselona» 13 iyun kuni «Malyorka» mehmoni bo‘lsa, «Real» 14 iyun kuni o‘z uyida «Eybar»ni qabul qiladi. Chempionat tugashiga 11 tur qolganida kataloniyaliklar raqibidan 2 ochko oldinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, La liganing qolgan qismi ketma-ket o‘yinlar orqali zich taqvim ostida o‘tkaziladi.
Manba: sports.ru

107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *