Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » “Leyptsig”: Verner ketadi, o‘rniga undan zo‘ri bor

“Leyptsig”: Verner ketadi, o‘rniga undan zo‘ri bor

Автор: admin

Asosiy to‘purari Timo Vernerni Angliya chempionatiga transfer qilishga yaqin turgan “Leyptsig" uning o‘rniga yangi futbolchi topdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Vernerning jamoadagi o‘rnini “Verder”ning 23 yoshli hujumchisi Milot Rashits egallaydi. 23 yoshli futbolchining shartnomasida agar “Verder” Bundesligagi joyini saqlab qolsa, Rashitsning transfer summasi 38 million evro bo‘lishi, agar jamoa quyi ligaga tushib ketsa, hujumchining narxi 15 million evroga baholanishi belgilab qo‘yilgan.
Qayta tiklangan Bundesliga jadvalida “Verder” xavfli zonada bormoqda va mavsum yakuniga ko‘ra quyi ligaga tushib ketishi mumkin. Garchi jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatmayotgan bo‘lsa-da, Rashits 29 ta o‘yinda 10 ta gol urib, 6 ta golli pas berishga erishdi.


124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *