Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Chelsi» Verner transferini qanchaga kelishgani ma’lum bo‘ldi

«Chelsi» Verner transferini qanchaga kelishgani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Germaniyaning «Leypsig» klubi hujumchisi Timo Verner faoliyatini «Chelsi» klubida davom ettiradi, deya xabar bermoqda jurnalist va insayder Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, londonliklar nemis hujumchisi uchun 60 million yevro transfer puli to‘lashadi. 24 yoshli forvard bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolanib, unga ko‘ra Verner yillik 10 million yevro maosh oladi. Transfer pulining 15 foizi «Shtutgart» klubiga to‘lanadi. U 2016 yilda aynan ushbu jamoadan «Leypsig» safiga o‘tgan. 
Hozirda tomonlar transfer ishlarini rasmiylashtirmoqda.


115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *