Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Messi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaraga tayyorlanmoqda

«Barselona» Messi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaraga tayyorlanmoqda

Автор: admin

«Barselona» klubi hujumchi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzokaralarning ilk bosqichini boshlamoqchi.
Marca xabariga ko‘ra, muzokarada Leoning otasi, «Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu va bosh direktor Oskar Grau ishtirok etadi.
Yangi mehnat bitimining muddati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Messi unga har bir mavsum yakunida shartnomani bekor qilish imkoniyati kiritilishini istayapti.
Leoning amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan. Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 31ta o‘yinda maydonga tushib, 24ta gol urgan va 16ta golga hammualliflik qilgan.


96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *