Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Super hujumchi olgan "Chelsi" endi himoyani kuchaytirmoqchi

Super hujumchi olgan "Chelsi" endi himoyani kuchaytirmoqchi

Автор: admin

“Chelsi” klubi mavsumlar oralig‘ida o‘zining himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, “aristokratlar” bu borada “Lester” himoyachisi Ben Chiluell nomzodini ilgari surishmoqda. Uni “aristokratlar” bosh murabbiyi Frenk Lempardning shaxsan o‘zi tarkibda ko‘rmoqchi.
Agar “Chelsi” “Ayaks”dan Nikolas Talyafikoni sotib ololmasa, bor e’tiborini aynan Chiluellga qaratadi. Lekin, uning 80 mln evrolik tovon puli londonliklarga biroz og‘irlik qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” “RB Leyptsig” hujumchisi Timo Verner bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.


111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *