Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin


Draksler qayerga?
 
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler Bundesligaga qaytish borasida bosh qotirmoqda.
PSJ jamoasining rasmiy sayti bergan ma’lumotlarga qaraganda, yarim himoyachi o‘yin amaliyoti taqdim etuvchi klub bilan shartnoma tuzishni reja qilgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, Draksler 2021-yilda bo‘lib o‘tuvchi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun shu qarorni qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi.
“Tottenhem”ga braziliyalik futbolchi kerak
 
Londonning “Tottenhem” jamoasi “Flamengo” yarim himoyachisi Jerson Santos bilan shartnoma tuzishi mumkin.
TaemTalk nashrining ma’lum qilishicha, “Shporlar” futbolchi uchun 16 million yevro sarf etishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan. Italiyadagi omadsiz mavsumlardan so‘ng, yurtiga qaytgan tayanch yarim himoyachisi APLga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, “Flamengo” “Roma”dan Jersonni 13 million yevro evaziga sotib olgan edi.
“Qizil iblislar”ga iqtidorli futbolchi kerak
 
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “Benfika” futbolchisi Forentinoni qo‘lga kiritish uchun harakat qilishni boshladi.
ESPNnashrining ma’lum qilishicha, ingliz klubi 20 yoshli futbolchining agenti bilan muzokaralarni ijobiy boshlab olishdi.
Manbada yozilishicha, “Manchester Yunayted” yarim himoyachini kamida 10 yil markazni berkitishga qodir futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yosh futbolchi bilan shuningdek: “Bayer”, “Betis”, “Lids” va “Milan” jamoalari ham jiddiy qiziqib qolgan.
“Atletiko” markazni kuchaytirmoqchi
 
Madridning “Atletiko” jamoasi yozda klubni tark etishi tobora aniqlashib borayotgan Tomas Partining o‘rnini Idris Baba bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
“Malyorka” yarim himoyachisi bu mavsumdagi o‘yinlari bilan “Liverpul”, “Arsenal” va PSJ va boshqa grandlar e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Tayanch yarim himoyachisi to‘p uchun kurashda La Liganing eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Baba bu mavsumda 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Lallana o‘zi uchun jamoa izlamoqda
 
Angliyaning “Liverpul” jamoasi yarim himoyachisi Adam Lalana yozda kata ehtimol bilan “Lester” futbolchisiga aylanadi.
Bu haqida “The Mirror” nashri ma’lum qilmqoda. Ma’lumotlarga qaraganda, Adam allaqachon Brendon Rojers bilan kelajagi borasida gaplashib olgan va kelasi mavsumni “tulkilar” safida boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Lallana bu mavsumda 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi bitta gol+1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

63     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *