Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» uch yulduzidan qutulishga harakat qiladi

«Real» uch yulduzidan qutulishga harakat qiladi

Автор: admin

So‘nggi paytlarda "Real" 2021 va 2022 yillarga transfer rejalarini tayyorlayotgani haqida xabar yangrab turibdi. Ushbu yozda esa madridliklar jiddiy transferga qo‘l urishmasa kerak.

Hozirda klub prezidenti Florentino Peresning asosiy vazifasi o‘yinchilarning maoshlariga sarflanayotgan maoshlarni qisqartirishdan iborat. Jamoa bir yilda maoshlarga 283 million yevro sarflamoqda. Masalan, "Qirollik klubi" 3 futbolchi bilan xayrlashsa, bir yilda deyarli 60 mln. yevro iqtisod qilishi mumkin.

Gap Garet Beyl (29 mln. yevro yillik maosh), Mariano Dias (8 million yevro) va Xames Rodriges (17 million yevro) haqida ketmoqda. Boz ustiga, futbol maydonida ularning foydasiga tegmayapti. "Madrid" ushbu futbolchilar borasida tushadigan har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Manba: football24.ua

93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *