Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Kellini o‘z vaqtida «Yuventus»dan qaysi klublarga ketishga yaqin kelganini aytdi

Kellini o‘z vaqtida «Yuventus»dan qaysi klublarga ketishga yaqin kelganini aytdi

Автор: admin

«Yuventus» himoyachisi Jorjo Kellini 2010 va 2011 yillarda klubdan ketishga yaqin kelganligini aytdi.
«Men 2 marta – 2010 va 2011 yillarda jamoadan ketishga yaqin edim. O‘ylab ko‘rishim kerak edi.
Birinchisida «Real»ga, ikkinchisida «Manchester Siti»ga o‘tishim mumkin edi. Ayniqsa, Madrid klubiga ketishimga oz qolgandi.
Agentim «Real» vakili bilan gaplashgan, ammo Mourino vatandoshi Rikardu Karvalyuni sotib olishni talab qilgan. «Yuventus» meni saqlab qolganidan xursand bo‘ldi. O‘shanda klubga Marotta kelgandi.
Ikkinchisida Milanda «Man Siti» vakili bilan uchrashdim, ammo hech narsa amalga oshmadi», – deb yozadi Kellini o‘z avtobiografiyasida.


130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *