Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Di Mariya: «Barsa»ga o‘tmay, «PSJ»da qolganimdan xursandman»

Di Mariya: «Barsa»ga o‘tmay, «PSJ»da qolganimdan xursandman»

Автор: admin

«PSJ» yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya 2017 yili «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
«Parijda juda baxtli edim, ammo o‘shanda klubdagi odamlar menga yolg‘on bo‘lib chiqqan ba’zi narsalarni gapirishdi.
«Barsa» meni o‘ziga og‘dirishni xohladi. Muzokaralar olib borildi, lekin yakunda «PSJ» meni sotishni xohlamadi. Bori shu.
Yolg‘onlar meni bezovta qildi, ammo ketmaganimdan xursandman. Hozir Parijda juda baxtliman.
Yevropadagi kareramni «PSJ»da yakunlamoqchiman. Bu – men o‘ylagan yagona narsa. Bu yerda oilam bilan baxtliman. Yangi shartnoma haqida o‘ylamayapman. Xozir futbolga e’tibor qaratmoqchiman, qolganlari keyinroq bo‘ladi.
Yana Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonsam yaxshi bo‘lardi (Di Mariya 2014 yili «Real» bilan Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan). Gap faqat kubokda emas, muxlislar va klubga bo‘lgan mehrda», – deb argentinalik vingerning so‘zlarini keltiradi L'Euqipe.


115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *