Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Igalo irqiy kamsitishlarga uchrasa, nima qilishini aytdi

Igalo irqiy kamsitishlarga uchrasa, nima qilishini aytdi

Автор: admin

«Shanxay Shenxua» hujumchisi, hozirda «Manchester Yunayted»da ijarada o‘ynayotgan Odion Igalo o‘yin davomida irqchilikka uchrasa, maydonni tark etishini aytdi.
«Agar muxlislar meni haqoratlashsa, hakamga bu haqda aytaman va nima qilishlarini ko‘raman. Agar hech qanday chora ko‘rilmasa, maydonni tark etaman. 
Xitoyda o‘tgan bir bahsda ular meni haqorat qilishdi. Men esa o‘yindan keyin hech kimga qo‘l tashlamay, darhol kiyinish xonasiga bordim va bu haqda futbol assotsiatsiyasiga xabar berdim. Hech kim irqchilikka bardosh bermasligi kerak. Terimiz rangiga qaramay, barchamiz bir xilmiz. Bir dunyoda, bir hayotda yashayapmiz», – deya Igaloning so‘zlarini keltiradi Goal.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «MYU» nigeriyalik hujumchining ijara shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirgani to‘g‘risida xabar qilingandi.


97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *