Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kroos faoliyatini qaysi klubda yakunlamoqchiligini ma’lum qildi

Kroos faoliyatini qaysi klubda yakunlamoqchiligini ma’lum qildi

Автор: admin

«Real»ning 30 yoshli germaniyalik yarimhimoyachisi Toni Kroos faoliyatini qaysi klubda yakunlamoqchiligi haqida gapirdi.
«Futbolda 3 yil juda ko‘p va men Madrid klubi bilan shartnomamni oxirigacha bajarishga harakat qilaman. O‘shanda 33 yoshga to‘laman. Ketish, bu yerda qolish yoki faoliyatimni tugatish. Men kareramni «Real»da yakunlamoqchiman.   
Keyinchalik o‘zimni futbolda namoyish qilaman, lekin yuqori darajadagi murabbiy sifatida emas. Agar futbolda qolsam, meni eng ko‘p bezovta qiladigan narsalarga yana qaytishimga to‘g‘ri keladi: safarlar, bir necha hafta davomida uyga qaytmaslik. Menga bu yoqmaydi», – deb Kroosning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Ma’lumot uchun, Toni «Real»da 2014 yildan beri harakat qiladi. Yarimhimoyachi bu mavsumda 33ta bahsda maydonga tushib, 5ta gol va 9ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.


114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *