Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Italiyada joriy mavsum o‘yinlarida 5 ta zaxira imkoniyatidan foydalanishga ruxsat berildi

Italiyada joriy mavsum o‘yinlarida 5 ta zaxira imkoniyatidan foydalanishga ruxsat berildi

Автор: admin

Mazkur qaror koronavirus bilan bog‘liq tanaffusdan so‘ng futbolchilarning ehtimoliy jarohatlarini kamaytirish uchun qabul qilindi. Jamoalar o‘yin davomida uch imkoniyatda va tanaffus vaqtida alashtirishlarni amalga oshirishi mumkin. Italiya Kubogi bahslarida qo‘shimcha bo‘limlar tayinlanadigan bo‘lsa, u holda to‘rtinchi intervalga ruxsat beriladi. Mazkur qaror 2019/20-yilgi mavsum oxiragacha amal qiladi va B Seriya o‘yinlariga ham taaluqli bo‘ladi.
Avvalroq FIFA joriy mavsum yakuniga qadar beshta zaxira imkoniyatidan foydalanishga ruxsat bergan, biroq yakuniy qarorni milliy ligalarning o‘ziga qoldirgandi.
Eslatib o‘tamiz, A Seriya o‘yinlari 20-iyundan davom etadi. Undan avval esa 12-13-iyun kunlari Italiya Kubogi yarim final javob bahslari doirasidagi o‘yinlar o‘tkaziladi. Final esa 17-iyunga mo‘ljallangan.
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *