Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Sulsher: «Barcha «Tottenhem» bilan bahsda yaxshi o‘yin namoyish etishimiz kerakligini tushunadi»

Sulsher: «Barcha «Tottenhem» bilan bahsda yaxshi o‘yin namoyish etishimiz kerakligini tushunadi»

Автор: admin

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning tiklanishi haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus  pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan Premer-liga o‘yinlari 19 iyundan davom ettiriladi. Shu kuni «MYU» 30-tur doirasida «Tottenhem» mehmoni bo‘ladi.
«Ikki haftadan so‘ng birinchi o‘yinni o‘tkazamiz. G‘alaba qozonish uchun ko‘proq ishlashimiz kerak. Hamma «Tottenhem» bilan bahsda yaxshi o‘yin namoyish etishimiz kerakligini tushunadi. Muhim o‘yin o‘tkazamiz.
So‘nggi kunlarda ob-havo ajoyib. Shu sababli futbolchilarimiz bo‘lajak bellashuvga to‘g‘ri moslashishlariga aminman», – deydi Sulsher MUTV'ga.


108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *