Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Holand qaysi futbolchiga o‘xshashni istashini aytdi

Holand qaysi futbolchiga o‘xshashni istashini aytdi

Автор: admin

«Borussiya» klubi forvardi Erling Holand qaysi futbolchiga o‘xshashni istashi haqida gapirdi.
«Dortmundga kelib tezda til topishib ketgan futbolchilardan biri Xummels bo‘ldi. Matsga juda ham havas qilaman, u jahon chempionligi va bir qator sovrinlarga ega chiqqan futbolchi sanaladi. Uning yutuqlarini takrorlashni istardim.
Menda ham aynan Xummelsdagi singari g‘oliblik ruhi paydo bo‘lishini xohlardim. U haqiqiy jangchi, undan ko‘p narsani o‘rganib olishim mumkin. Bu borada unga doim o‘xshashga harakat qilaman», - deya Holandning so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Ma’lumot uchun, Holand Germaniyaga ko‘chib o‘tgach, o‘tgan 14 o‘yinda 13ta golga mualliflik qilgan.


115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *