Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gabriel Jezus: “Irqchilarning miyasi yo‘q”

Gabriel Jezus: “Irqchilarning miyasi yo‘q”

Автор: admin

“Manchester Siti” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Gabriel Jezus AQShdagi norozilik va tartibsizliklar haqida gapirdi hamda Black Lives Matter harakatini qo‘llab-quvvatladi.
“Irqchilik bugun yoki kecha paydo bo‘lmagan. Bu normal holat emas.
Men zo‘ravonlikka yoki har qanday tartibsizlikka qarshiman. Lekin tinch yo‘l bilan norozilik bildirayotgan va irqchilikka qarshi chiqayotganlarni qo‘llab-quvvatlayman. Biz “qora tanli odamning hayoti muhim” deganimizda, uning ma’nosini to‘g‘ri tushunishimiz kerak. Bu bilan biz boshqa hayotlar muhim emas deyishdan yiroqmiz. Biz irqchilikka duchor bo‘layotgan qora tanlilarning hayoti muhim demoqchimiz.
Vaziyatni umumlashtirmaslik zarur. Hamma ham irqchi emas, aksariyat insonlar bundan yiroq. Lekin irqchilar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi, go‘yo bu odamlarning miyasi yo‘qdek.
Shunday ekan, biz ushbu iborani aytganda, irqchilik qurboni bo‘lish nima ekanini bilishimizni nazarda tutamiz. Bu judayam alamli tuyg‘u”, — deydi Jezus.
Avvalroq “Fiorentina” yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng ham irqchilikka bo‘lgan munosabatini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahri politsiyasi vakili 25-may kuni 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi Derek Shovin uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlangan.

146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *