Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Koke YeCHL davom ettirilmasa, qaysi klub chempion sifatida tan olinishi kerakligini aytdi

Koke YeCHL davom ettirilmasa, qaysi klub chempion sifatida tan olinishi kerakligini aytdi

Автор: admin


Madridning «Atletiko» klubi yarimhimoyachisi Koke Chempionlar ligasi o‘yinlari davom ettirilmasa, turnirda qaysi jamoani g‘olib deb topish kerakligini aytdi.
«Do‘stlarim, jamoadoshlarim bilan suhbatlarda bu yilgi Chempionlar ligasi «Atletiko»ga atalganligini aytayapman. Biz o‘z o‘yin falsafamizni o‘zgartira olmaymiz. Hech kim bizdan o‘yin uslubimizni tortib ham ololmaydi.
Agar UEFA Chempionlar ligasi o‘yinlarini davom ettirmaslikka qaror qilsa, chempion sifatida biz tan olinishimiz kerak. Sababi amaldagi chempionni biz mag‘lub etib, musobaqadan chiqarib yubordik. Demakki boksda bo‘lgani kabi kubokka munosibmiz.
Hozirda esa biz eng avvalo La Liga haqida o‘ylashimiz kerak. Primera bir haftadan keyin davom etadi, yevrokuboklar esa avgustdan oldin qaytmaydi. Chempionat o‘yinlari orqali Chempionlar ligasiga ham tayyor bo‘lish mumkin», – deydi Koke AS nashriga.
Ma’lumot uchun, «Atletiko» YeCHL 1/8 final doirasidagi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Liverpul»ni (1:0, 3:2) mag‘lub etib, chorak finalga yo‘llanma olgandi. Ammo ko‘p o‘tmay, koronavirus pandemiyasi tufayli turnir to‘xtatib qo‘yilgandi.


67     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *