Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Evropalik futbol agenti: Shomurodovning Chempionlar ligasida top-klublarga qarshi o‘yinini ko‘rishni istayman!

Evropalik futbol agenti: Shomurodovning Chempionlar ligasida top-klublarga qarshi o‘yinini ko‘rishni istayman!

Автор: admin

Xorvatiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Tomislav Duymovich futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin agentlik sohasida ishlamoqda. U Bolqon futboli bo‘yicha kuchli mutaxassis hisoblanadi.
Xorvatiya terma jamoasida 19 ta o‘yinda qatnashgan Duymovich legioner sifatida Ispaniyaning “Real Saragosa”, Rossiyaning  “Amkar”, “Dinamo”, “Mordoviya” va “Lokomotiv” jamoalarida to‘p surgan.

Tomislav Duymovich Rossiya futbolini yaqindan bilgan mutaxassis sifatida Premer-liga jamoalari va bu chempionatda o‘zini ko‘rsata olgan futbolchilar haqida ham o‘z fikr mulohazalarini bildirdi. Xususan, evropalik futbol agenti “Rostov”  jamoasi muvaffaqiyati va bu yutuqlarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan o‘zbek legioneri Eldor Shomurodov haqida ham iliq fikrlarini aytdi.  
O‘yin sifati bo‘yicha “Rostov” hayratga solmoqda. Selektsiya zo‘r amalga oshirilgan va katta o‘sish kuzatilmoqda. Rostovliklar har bir futbolchini puxta o‘rganishgani ko‘rinib turibdi, - dedi Tomislav Duymovich.

Duymovichdan joriy mavsum Rossiya chempionatida zo‘r o‘yin ko‘rsatayotgan uch nafar futbolchi borligini alohida e’tirof etdi.  
Chempionatning birinchi yarmida “Krilya Sovet” hujumchisi Aleksandr Sobolevning o‘yini ma’qul keldi. Bejizga uni “Spartak” o‘z tarkibiga qo‘shib olgani yo‘q.

Sardor Azmunning “Zenit”dagi o‘yinlari bu legionerning Rossiya Premer-ligasiga moslashib olganini ko‘rsatmoqda.

Nihoyat, Eldor Shomurodov. U “Rostov”ga juda katta foyda keltiryapti. Aslida jamoa hujumiga unga yordam beradigan futbolchi olish kerak. Lekin Shomurodovning yakka o‘zi hammasining uddasidan chiqmoqda. Men uchun “Rostov” Evropa Chempionalar ligasiga yo‘llanma olsa, Shomurodovning Evropa top-klublariga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatishi juda qiziqtiradi, - dedi xorvatiyalik agent.

118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *