Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Sneyder: «Messi yoki Ronaldu darajasidagi o‘yinchi bo‘lishim mumkin edi, ammo men hayotdan zavqlanishni istadim»

Sneyder: «Messi yoki Ronaldu darajasidagi o‘yinchi bo‘lishim mumkin edi, ammo men hayotdan zavqlanishni istadim»

Автор: admin

«Real», «Inter» va Niderlandiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Uesli Sneyder futbolchilik faoliyatida Messi yoki Ronaldu darajasiga chiqa olishi mumkin bo‘lganligi haqida gapirdi.
«Messi yoki Ronaldu darajasidagi o‘yinchi bo‘lishim mumkin edi, ammo buni o‘zim istamaganman. Men hayotda zavqlanib yashashni tanladim. Krishtianu va Leo esa boshqacha odamlar, ular faoliyatida cho‘qqilarga chiqish uchun ko‘p narsani qurbon qilishlariga to‘g‘ri kelgan. Shunga qaramay, hech narsadan afsuslanmayman – faoliyatim ajoyib o‘tdi.
Hozirda yosh futbolchilarni tarbiyalash bilan bandman. Bolalarning futbolchi sifatida o‘sayotganligi, muvaffaqiyatini ko‘rib xursand bo‘laman. Kelajakada balki murabbiy yoki menejer bo‘larman», - deydi Sneyder jurnalist Janluka di Marsioga bergan intervyusida.


115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *