Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Karpin «Rostov» futbolchilarini og‘ir damlar kutayotganini aytdi

Karpin «Rostov» futbolchilarini og‘ir damlar kutayotganini aytdi

Автор: admin

«Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya chempionatining yakuniy qismiga tayyorgarlik qanday kechgani haqida so‘zlab berdi.
«Hammasi yaxshi. Guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazyapmiz. Ilk kunlar quvonchli bo‘ldi. Ammo yuklamalar ortgan sayin futbolchilar qiynalishdi, kayfiyat ham shunga yarasha.
Hayotimizda birinchi marta shunday vaziyatga duch kelyapmiz. Ruhiy tomondan og‘ir bo‘ldi: mavsumning davom ettirilishiga shubha bor edi. Bundan tashqari, futbolchilarga uy sharoitida jismoniy holatni ushlab turish ham oson bo‘lmadi.
Endi futbolchining vujudi bunga qanday dosh berishini bilmaymiz. Bizni bir oyda 8ta o‘yin kutmoqda. Yuklama juda katta bo‘ladi, tayyorlanish uchun esa vaqt oz», – deb Karpin so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.


123   
Добавить комментарий
Ваше имя: *