Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Fati transferi bo‘yicha 100 mln yevro taklif oldi

«Barselona» Fati transferi bo‘yicha 100 mln yevro taklif oldi

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachi Anssumane Fati transferi bo‘yicha 100 mln yevro miqdorida taklif oldi, deb yozdi Sport.es.
Biroq, kataloniyaliklar prezidenti Jozep Bartomeu 17 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishni istamadi. Fati uchun qaysi klub bunday katta qiymatni taklif etganiga aniqlik qiritilmadi.
Bartomeu o‘z qarori haqida rahbariyat bilan o‘tkazilgan videokonferensiyada shunday dedi: «Fati sotilmaydi. Bu muhokama qilinmaydi».
Bu mavsumda yosh futbolchi «Barselona» tarkibida barcha musobaqalarda 16ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan.


109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *