Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Ginnesga kirgan Levandovski yana yangi rekordlarni qayd etmoqda

Ginnesga kirgan Levandovski yana yangi rekordlarni qayd etmoqda

Автор: admin

Bundesliganing 30-turidan o‘rin olgan “Bayer” – “Bavariya” uchrashuvida myunxenliklar 2:4 hisobida g‘alaba qozondi. Bu uchrashuv bir necha rekordlarni qayd etilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Futbol tarixida bir o‘yinda buncha ko‘p rekord natija qayd etilishi deyarli kuzaytilmadigan holat.
Demak, takrorlanmas faktlarga e’tibor qaratamiz.
  • “Bavariya” Germaniya chempionatida 30 ta uchrashuvda 90 ta gol urib, Bundesliga rekordini o‘rnatdi. Endi chempionat yakunigacha myunxenliklarning har bir goli yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.

“Bavariya” barcha turnirlarda ketma-ket 11 ta uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Umumiy to‘plar nisbati - 36:7.
“Bavariya”ning barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 20 ta uchrashuvni tashkil qilmoqda Myunxenliklar 20 ta o‘yindan 19 tasida zafar quchgan va bir bor “Leyptsig” bilan o‘yinda hisob ochilmagan.
  • 2015 yilda “Volfsburg” bilan o‘yinda zahiradan maydonga tushib, 9 daqiqa ichida beshta gol urgan Robert Levandovski eng tezkor xet-trik, poker va penta-trik muallifi va zahiradan maydonga tushib bir o‘yinda beshta gol urgan yagona futbolchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi. Polshalik hujumchi hamon to‘purarlik bo‘yicha rekordlarni yangilab kelmoqda.

Levandovski “Bayer” darvozasini ishg‘ol  qilib, faoliyati davomida uchinchi marotaba bir mavsumda Bundesligi o‘yinlarida 30 ta gol urdi. Bungacha polshalik forvard 2015-2016 va 2016-2017 yilgi mavsumlardan raqiblar darvozasini 30 martadan aniq nishonga olgandi.
Levandovski 28 ta uchrashuvda 30 ta gol bilan ham Bundesliga, ham Evropa chempionatlari to‘purarlari bahsida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda “Latsio” hujumchisi Chiro Immobile (27 gol, 26 o‘yin), “Leyptsig” forvardi Timo Verner (25 gol, 30 o‘yin), “Yuventus” etakchisi Krishtianu Ronaldu (21 gol, 22 o‘yin), “Lester” vakili Jeymi Vardi (19 gol, 26 o‘yin) va “Barselona” sardori Lionel Messi (19 gol, 22 o‘yin) bormoqda.
  • Levandovski bir mavsumda barcha turnirlarda 44 gol urib, o‘zining to‘rt yil oldingi shaxsiy rekordini yangilandi. U 2016-2017 yilgi mavsumda 47 ta uchrashuvda 43 ta to‘p kiritgandi. Bundan buyog‘iga uning har bir goli yangi rekord sifatida qayd etiladi.

“Bavariya” tarkibida 2014 yildan buyon to‘p surayotgan 31 yoshli Robert Levandovski bu muddat ichida 279 ta o‘yin o‘tkazib, 234 ta gol urdi va 52 ta golli pas berdi.
“Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller “Bayer”ga qargi o‘tkazilgan o‘yinda ikkita golli pas uzatib, assistlari sonini 20 etkazdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Bundesliga rekordini takrorladi.

 

133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *