Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Myuller Bundesliga rekordini takrorladi

Myuller Bundesliga rekordini takrorladi

Автор: admin


Bundesliga 30-turidan o‘rin olgan «Bayer»ga qarshi o‘yinda «Bavariya» 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Myunxenliklar safida kiritilgan ikkita golga germaniyalik Tomas Myuller assistentlik qildi.
Shu tariqa Myuller Bundesliganing joriy mavsumidagi golli uzatmalar sonini 20taga yetkazib oldi va bu borada Keyin De Bryuyne o‘rnatgan rekordni takrorladi. Hozirda «Manchester Siti»da o‘ynayotgan De Bryuyne 2014/15 yilgi mavsumda «Volfsburg» safida 20ta golga assistentlik qilgan va bu Bundesliga rekordi bo‘lib turgandi.
Musobaqa tugashiga yana 4 tur qolganini inobatga olsak, Myuller bu borada yaqqol rekordchiga aylanib olishi mumkin. Ammo Myuller sariq kartochkalari soni ko‘payib ketgani sabab keyingi turda «Borussiya M»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Tomas Myuller «kuchli beshlik» chempionatlarining joriy mavsumdagi eng yaxshi assistenti bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Keyin De Bryuyne (17), Jeydon Sancho (16) va Kristofer Nkunku (15) bormoqda.
Ma’lumot uchun, APLda ham bir mavsumda amalga oshirilgan golli uzatmalar bo‘yicha rekord 20ta assistga teng. 2002/03 mavsumida «Arsenal» afsonasi Teri Anri qayd etgan rekord haligacha APLdagi biror futbolchi tomonidan yangilanmagan.


35     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *