Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Manchester Siti" "Barselona"ning etakchi futbolchisini sotib olish bo‘yicha ilk qadamni tashladi

"Manchester Siti" "Barselona"ning etakchi futbolchisini sotib olish bo‘yicha ilk qadamni tashladi

Автор: admin


"Manchester Siti" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Serxi Robertoni qo‘lga kiritishga jiddiy bel bog‘ladi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "shaharliklar" 28 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi borasida “ko‘k-anor ranglilar”ga rasmiy taklif yuborishgan. Uning o‘zi esa faqatgina Gvardiola uchun “Barsa”ni tark etishga rozi ekanini bildirgan edi.
Serxi Roberto joriy mavsum kataloniyaliklar safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 40 mln evroga baholanmoqda.


36     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *