Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona"ga "Siti"ning ijaradagi futbolchisi kerak

"Barselona"ga "Siti"ning ijaradagi futbolchisi kerak

Автор: admin

"RB Leyptsig" himoyachisi Anxelino "Barselona"ning e’tiborini o‘ziga torta boshladi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati jamoaning chap qanot himoyasini kuchaytirishmoqchi. Ushbu pozitsiya etakchisi Jordi Alba kelasi yil 31 yoshga to‘lishi va Xunior Firpo esa jamoadan ketishi mumkinligi sabab “Barsa” ushbu joyga Anxelino nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
23 yoshli ispaiyalik futbolchining transfer huquqi "Manchester Siti"ga tegishli bo‘lib, u "RB Leyptsig" safida ijarada to‘p surmoqda. Uning narxi 17,5 mln evroga baholanmoqda.
Anxelino joriy mavsum 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *