Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Beyl va Dias «Real»ning o‘zaro o‘yinini o‘tkazib yuborishdi

Beyl va Dias «Real»ning o‘zaro o‘yinini o‘tkazib yuborishdi

Автор: admin

La Liga restarti oldidan Madridning «Real» klubi o‘z qarorgohida o‘zaro bo‘linib, nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Marca’ning yozishicha, ushbu bahsda jamoaning ikki nafar asosiy tarkib futbolchisi Garet Beyl va Mariano Diaslar maydonga tushmagan.
Qayd etilishicha, klub bosh murabbiyi Zineddin Zidan ikki futbolchini ham ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan nazorat bahsida maydonga tushirmagan. Beyl shu kuni mashg‘ulotga ham kelmagan.
Ma’lumot uchun, «Real» Ispaniya chempionatini 14 iyun kuni o‘z maydonida «Eybar»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *