Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Reshforddan het-trik, Fernandeshdan dubl, Pogbadan 2ta golli uzatma - «MYU»ning «Old Trafford»dagi o‘yinida 8ta gol kiritildi

Reshforddan het-trik, Fernandeshdan dubl, Pogbadan 2ta golli uzatma - «MYU»ning «Old Trafford»dagi o‘yinida 8ta gol kiritildi

Автор: admin


Angliya Premer-ligasi restarti oldidan «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher tayyorgarlik doirasida asosiy tarkibni ikkiga bo‘lib, o‘zaro nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Old Trafford»da kechgan uchrashuvda Harri Maguayr «qizillar»ni sardor sifatida olib tushgan bo‘lsa, Bruno Fernandesh mehmondagi libosda sheriklarini boshlab tushgan.
Klub yopiq eshiklar ostida o‘tgan o‘yindagi tarkib va gollarni e’lon qilmagan bo‘lsa-da, United Report’ning yozishicha, 4:4 hisobida yakunlangan bahsda «mezbonlar» safida Reshford het-trik qayd etgan, Pogba bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan. Yana ikkita golli assist Matich va Fosu-Mensa nomiga yozilgan. «Mehmonlar» safida esa Fernandesh ikkita gol va shuncha golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, Marsiyal bittadan gol va assist, Maktominey bitta golga mualliflik qilgan – 4:4.
Nazorat uchrashuvi. 6 iyun (shanba)
Manchester, «Old Trafford».
«MYU» (qizillar) - «MYU» (oqlar) – 4:4

Gollar: Pogba, Reshford (3ta) – Fernandesh (2ta), Marsyal, MakTominey.
«Qizillar»: De Xea, Dalot, Fosu-Mensa, Maguayr, Uilyams, Matich, Pogba, Lingard, Chong, Grinvud, Rashford.
«Oqlar»: Romero, Uan-Bissaka, Fred, MakTominey, Fernandesh, A. Pereyra, Mata, Jeyms, Marsyal.


149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *